add

Turkiya 196 davlat yetakchisini qabul qiladi: COP31ga tayyorgarlik boshlandi

Bugun 08:381861 Daqiqa

Kelasi yilgi COP31 iqlim anjumani Turkiya mezbonligida o‘tadi. Bu haqda qaror Braziliyada e’lon qilindi va dunyo yetakchilari Istanbulga yig‘iladigan bo‘ldi.

Turkiya 196 davlat yetakchisini qabul qiladi: COP31ga tayyorgarlik boshlandi

2026 yilda bo‘lib o‘tadigan BMTning COP31 iqlim anjumani Turkiya mezbonligida tashkil etiladi. Bu qaror Braziliyada o‘tgan COP30 anjumanida, Turkiya atrof-muhit vaziri Murat Qurum boshchiligidagi muzokaralardan so‘ng qabul qilindi.

Murat Qurumning ma’lum qilishicha, COP31 doirasida dunyo bo‘ylab 196 davlat yetakchisi Turkiyaga tashrif buyuradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya nafaqat o‘z mintaqasi, balki Afrika va Tinch okean kabi iqlim o‘zgarishidan jabr ko‘rayotgan hududlarga ham e’tibor qaratadigan, adolatli va muvozanatli anjuman o‘tkazishni maqsad qilgan.

«Bugundan boshlab kelajagimiz uchun eng ma’noli marafonni boshlaymiz. COP31da barchangizni qit’alar va sivilizatsiyalar chorrahasi bo‘lgan Turkiyada kutamiz», — dedi Kurum.

U, shuningdek, prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning 2053 yilgacha «nol emissiya» maqsadi, «yashil transformatsiya» siyosati orqali Turkiya xalqaro miqyosda yetakchi rolni bajarayotganini ta’kidladi.

Uning fikricha, Turkiya yana bir bor «ishonch va kelajak manzili» sifatida xalqaro maydonda o‘z nufuzini tasdiqladi. Anjumangacha diplomatik tayyorgarlik ishlari faol davom ettirilishi aytildi.

Teglar

Mavzuga oid

Turkiya 196 davlat yetakchisini qabul qiladi: COP31ga tayyorgarlik boshlandi | Vaqt.uz