
Turkiya chorva soni bo‘yicha Yevropa Ittifoqi davlatlarini ortda qoldirdi
24.05.2025 | 12:306152
Turkiya 2024 yilda 17 mln bosh yirik shoxli mol va 54 mln bosh qo‘y hamda echki bilan Yevropa davlatlari orasida yetakchiga aylandi.

Bu natija mamlakatning chorvachilik sohasidagi rivojlanishini va oziq-ovqat xavfsizligiga bo‘lgan e’tiborini namoyon etmoqda.
Yevropa Ittifoqi davlatlari orasida Fransiya 16,4 mln bosh yirik shoxli mol bilan Turkiyadan keyingi o‘rinni egalladi. Germaniyada bu ko‘rsatkich 10,4 mln, va Irlandiyada 6,55 mln boshni tashkil etdi.
Qo‘y va echkilar soni bo‘yicha Turkiya 44 mln qo‘y va 10,8 mln bosh echki bilan yetakchilik qildi. Bu ko‘rsatkichlar Ispaniya, Ruminiya va Gretsiya kabi davlatlarning natijalaridan yuqori bo‘ldi.
Turkiyaning chorvachilik sohasidagi muvaffaqiyatlari mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi va iqtisodiy barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga bu natijalar Turkiyaning qishloq xo‘jaligi sohasidagi salohiyatini namoyon etmoqda.





