add

Turkiya markaziy banki asosiy stavkani yana 3 foizga tushirildi — endi u 43 foiz

25.07.2025 | 08:4030903

Turkiya markaziy banki kutilganidan keskinroq qaror qabul qilib, 24 iyulda asosiy foiz stavkasini 3 punktga pasaytirdi. Inflyatsiya bosimining sekinlashishi bu qarorni asoslab bergan.

Turkiya markaziy banki asosiy stavkani yana 3 foizga tushirildi — endi u 43 foiz
24 iyul kuni Turkiya markaziy banki foiz stavkasini 3 foizlik punktga tushirib, 43 foiz darajasida belgiladi. Bu qaror tahlilchilar ko‘proq — ular 2,5 punkt atrofida pasayishni taxmin qilayotgan edi. Markaziy bankning izohiga ko‘ra, bu qaror inflyatsiyadagi barqaror sekinlashuv ortidan qabul qilindi. Turkstat ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyida inflyatsiya darajasi 35,05 foizni tashkil etdi — bu 2021 yil kuzidan beri eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. May oyida ushbu ko‘rsatkich 35,4 foiz bo‘lgan. Yil oxirigacha inflyatsiya 24 foiz atrofida bo‘lishi kutilyapti. Eslatib o‘tamiz, 2024 yil may oyida inflyatsiya 75,45 foizga yetib, tarixiy cho‘qqiga chiqqan edi. Shu bilan birga, asosiy inflyatsiya (oziq-ovqat va energiya narxlarisiz) ham pasaymoqda — may oyida 35,4 foiz bo‘lgan ko‘rsatkich iyunda 34,6 foizgacha tushdi. Bozor va aholi inflyatsion kutilmalari o‘rtasidagi farq so‘nggi 6 yilda ilk bor minimum darajaga yetdi. Shu bilan birga, qattiq pul-kredit siyosati Turkiya iqtisodiyotiga bosim o‘tkazmoqda. 2025 yilning birinchi choragida YAIM o‘sishi 2 foizni tashkil etdi — bu 2020 yildagi pandemiya davridan beri eng past ko‘rsatkich. Ishlab chiqarish sohasida biznes faolligi indeksi (PMI) iyun oyida 47 balldan past bo‘lib, so‘nggi bir yildan beri retsessiya hududida turibdi. Markaziy bankning keyingi yig‘ilishlarida ham pul-kredit siyosatini yumshatish davom etishi mumkin. Mutaxassislarning fikricha, inflyatsiya tushib borar ekan, stavkada yana pasayishlar kuzatilishi ehtimoldan xoli emas.

Teglar

Mavzuga oid