add

Turkiya turkiy davlatlar uchun inson huquqlari mexanizmini yo‘lga qo‘yishni boshladi

12.06.2025 | 14:0842323

Turkiya o‘zining to‘plagan xalqaro tajribasi va huquqiy infratuzilmasini turkiy davlatlar bilan bo‘lishish maqsadida yangi inson huquqlari mexanizmini joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu tashabbus turkiy hamkorlikni huquqiy jihatdan mustahkamlashga qaratilgan.

Turkiya turkiy davlatlar uchun inson huquqlari mexanizmini yo‘lga qo‘yishni boshladi
Sakarya universiteti hamda Sud hokimiyati birligi uyushmasi o‘rtasida ushbu loyiha doirasida hamkorlik protokoli imzolandi. Universitetning xalqaro huquq kafedrasi tomonidan ishlab chiqilgan loyiha inson huquqlariga oid yangi yondashuvni shakllantirish va turkiy davlatlar uchun mos mexanizm yaratishni ko‘zda tutadi. Loyiha doirasida Turkiyaning xalqaro maydondagi huquqiy infratuzilmasi, institutsional salohiyati va inson huquqlari sohasidagi tajribasidan samarali foydalanish nazarda tutilgan. Bu «Adolatli dunyo uchun» shiori bilan hamohang harakat hisoblanadi. Shuningdek, loyiha asosida turkiy davlatlar o‘rtasida maslahat va fikr almashish muhitini shakllantirish maqsadida turli tadbirlar tashkil etiladi. Bu tadbirlarda soha mutaxassislari, amaliy huquqshunoslar va akademiklar ishtirok etadi. Hamkorlik protokoli Turkiya inson huquqlari va tenglik instituti, Turkiyadan tashqaridagi turklar ishlari boshqarmasi hamda Anqara advokatlar kollegiyasi bilan imzolandi. Anqara advokatlar kollegiyasi turk dunyosi huquqiy hamkorligi komissiyasi bilan ham faol ish olib boradi. Assotsiatsiya rahbari va Turkiya adliya vazirligi bosh maslahatchisi Birol Kirmazga ko‘ra, loyiha turkiy xalqlarning umumiy huquqiy manfaatlarini himoya qilish hamda «tilda, fikrda va ishda birlik» tamoyilini mustahkamlashga xizmat qiladi. Uning ta’kidlashicha, loyiha turk huquqiy tafakkuriga hissa qo‘shib, turkiy dunyo kelajagiga qiymat beradi.

Teglar

Mavzuga oid