add

Turkiyada 5000 yillik non topildi va u qadimiy retsept asosida qayta tayyorlanmoqda

28.05.2025 | 10:205133

Turkiyaning markaziy qismida joylashgan Eskishexir shahri yaqinida arxeologlar 5000 yillik nonni topdi. Bu tarixiy topilma asosida mahalliy hokimiyat va nonvoyxonalar qadimiy retseptni tiklab, hozirgi kunda ham ushbu nonni tayyorlashni boshladilar

Turkiyada 5000 yillik non topildi va u qadimiy retsept asosida qayta tayyorlanmoqda
Bu tarixiy topilma, o‘zining yaxshi saqlanganligi bilan ajralib turadi. Arxeolog Murat Tyurktening ta’kidlashicha, bu eng qadimiy va to‘liq saqlangan non hisoblanadi. Topilgan nonning tahlili natijasida, u qadimgi bug‘doy, yasmiq unlari va noma’lum o‘simlik barglaridan tayyorlangani aniqlandi. Bu masalliqlardan, ehtimol, achitqi sifatida foydalanilgan. Eskishexir shahar hokimiyati va Halk Ekmek nonvoyxonasi hamkorligida ushbu qadimiy retsept asosida non tayyorlash ishlari boshlandi. Non Kavilca nomli qadimgi bug‘doy va yasmiqdan tayyorlanmoqda. Hozirda bu non qo‘lda tayyorlanib, taxminan 50 turk lirasiga sotilmoqda. U mahalliy aholi va sayyohlar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Eskishexir shahar meri Ayshe Yunlyuche bu topilmaning tarixiy ahamiyatidan tashqari uning hozirgi qishloq xo‘jaligi uchun ham ahamiyatli ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qadimgi bug‘doy navlari kam suv talab qiladi, bu esa hozirgi iqlim o‘zgarishlari sharoitida ahamiyatga ega.
Shahar meri: «Bobokalonlarimiz kam suv talab qiluvchi ekinlarni yetishtirgan. Biz ulardan o‘rganib, yerdan barqaror foydalanishga o‘tishimiz kerak», — dedi.

Teglar

Mavzuga oid