add

Turkiyada yong‘in to‘xtamayapti: Chanoqqal’a bo‘g‘ozi yopildi

11.08.2025 | 21:2049712

Turkiyaning Chanoqqal’a bo‘g‘ozi orqali kemalar o‘tishi viloyatdagi o‘rmon yong‘ini tufayli to‘xtatildi. Bu haqda Chanoqqal’a voliysi O‘mer To‘raman X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Turkiyada yong‘in to‘xtamayapti: Chanoqqal’a bo‘g‘ozi yopildi
Ilgari ham Turkiya hukumati kuchli yong‘inlar sababli bo‘g‘oz orqali kemalar harakatini to‘xtatgan edi. Yong‘inni 7 ta samolyot, 6 ta vertolyot va 455 nafar odam o‘chirmoqda. Chanoqqal’a gubernatori X tarmog‘ida xabar berishicha, shifokorlar is gazidan zaharlangan 14 nafar fuqaroga yordam ko‘rsatgan. Yong‘in shahar atrofidagi o‘rmonlar va dalalarga tarqalgani sababli, hokimiyat yettita qishloq aholisini — jami 770 kishini ko‘chirdi. Yong‘inlar oqibatida jami 98 kishi jarohat olgan, ulardan ikki nafari hamon shifoxonada davolanmoqda, qolganlari esa dastlabki tibbiy yordam olgach, uylariga jo‘natilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Turkiyada yong‘in to‘xtamayapti: Chanoqqal’a bo‘g‘ozi yopildi | Vaqt.uz