add

Turkiyaning G‘arbida kuchli zilzila ro‘y berdi. U Istanbulda ham sezildi

10.08.2025 | 22:2737052

Balikesir viloyatida ro‘y bergan zilzila Istanbulning g‘arbiy tumanlarida 20–30 soniya davomida sezildi. Balikesir viloyatida ayrim binolar qulab tushgani aytilmoqda.

Turkiyaning G‘arbida kuchli zilzila ro‘y berdi. U Istanbulda ham sezildi
10 avgust kuni Turkiyaning g‘arbiy qismida 6,1 magnitudali zilzila qayd etildi. Zilzila o‘chog‘i Balikesir viloyatida joylashgan bo‘lib, Istanbuldan taxminan 400 kilometr uzoqlikda sodir bo‘ldi. Turli OAVlarning ma’lumotlariga kzra Istanbulning g‘arbiy hududlarida to‘lqinlar 20–30 soniya davom etgan. Ko‘p qavatli uylarda qandillar va mebellar silkingan, ba’zi fuqarolar uylarini tark etib, ko‘chaga chiqqan. Zilzila mahalliy vaqt bilan 19:55 da kuzatilgan, smartfonlardagi ogohlantirish tizimi esa fuqarolarni bir necha soniya oldin xabardor qilgan. Hozirda mutaxassislar zarar ko‘lamini baholash ishlarini olib bormoqda. Turkiya hokimiyatlari va favqulodda xizmatlar holatni nazorat ostiga olgan. Balikesir viloyatida ayrim binolar qulab tushgani aytilmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozircha Istanbulda halokat yoki katta moddiy zarar haqida xabarlar kelib tushmagan.

Teglar

Mavzuga oid