add

Turkmaniston fuqarolari AQSH vizasi uchun garov puli to‘laydi

06.01.2026 | 12:151 daqiqa

AQSH vizasi uchun 15 ming dollargacha garov puli to‘laydigan davlatlar ro‘yxati kengaytirildi.

Turkmaniston fuqarolari AQSH vizasi uchun garov puli to‘laydi

AQSH hukumati viza siyosatida yangi cheklovlarni joriy etib, ayrim davlatlar fuqarolari uchun moliyaviy garov to‘lash talabini kengaytirdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi. Qarorga ko‘ra, endi Turkmaniston fuqarolari ham AQSH vizasi uchun 5 ming dollardan 15 ming dollargacha garov puli to‘lashi shart bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, yangilangan ro‘yxatda jami 13 ta davlat mavjud bo‘lib, ularning aksariyati Afrika qit’asida joylashgan. Yangi qo‘shilgan mamlakatlar qatoriga Butan, Botsvana, Markaziy Afrika Respublikasi, Gvineya, Gvineya-Bisau, Namibiya va Turkmaniston kiritilgan. Bu qaror amaldagi migratsiya talablarini yanada qat’iylashtirishga qaratilgan.

Qoidalarga muvofiq, viza olishni istagan arizachilar bilan majburiy yuzma-yuz suhbatlar o‘tkaziladi. Shuningdek, ularning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati, avvalgi xorij safarlari, oila a’zolari haqidagi ma’lumotlar hamda moliyaviy va turmush sharoitiga doir hujjatlar chuqur o‘rganiladi.

AQSH rasmiylariga ko‘ra, garov puli vizaning berilishini kafolatlamaydi. Biroq ariza rad etilgan taqdirda yoki viza egasi belgilangan muddatda mamlakatni tark etganini isbotlasa, to‘langan mablag‘ to‘liq qaytariladi. Asosiy maqsad — viza muddati tugagach, mamlakatda noqonuniy qolib ketish holatlarini kamaytirish.

Eslatib o‘tilishicha, viza uchun garov tizimi avvalroq Mavritaniya, San-Tome, Prinsipi, Tanzaniya, Gambiya, Malavi va Zambiya fuqarolariga nisbatan joriy etilgan edi. Yangi qaror orqali AQSH migratsiya nazoratini yanada kuchaytirishni ko‘zlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid