Logo

«Turon» metro bekati tomining bir qismi qulab tushdi

Hodisa oqibatida 2 kishi jarohatlandi.

«Turon» metro bekati tomining bir qismi qulab tushdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosining bekatlaridan birida tom konstruksiyasining qismida siljib tushish holati aks etgan video tarqaldi. Holat yuzaisdan «Toshkent metropoliteni» DUK ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, holat 16-iyul kuni soat 14:34 da «Yer usti halqa» yo‘nalishining «Turon» bekatida yuz bergan. Oqibatda ikki yo‘lovchi yengil tan jarohati olgan. Ularga voqea joyining o‘zida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida mazkur bekatda metro poyezdlari harakati zudlik bilan vaqtincha to‘xtatilgan.

Hozirda mutaxassislar tomonidan holat yuzasidan texnik o‘rganish ishlari olib borilayotgani hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilayotgani aytildi.

«Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida «Qipchoq» va «Quruvchilar» metro bekatlari oralig‘ida bepul metrobuslar harakati yo‘lga qo‘yilgan», — deyiladi munosabatda.

Teglar

Mavzuga oid