add

«Twitter qotili» qatl etildi

27.06.2025 | 23:008812

Yaponiyada so‘nggi uch yil ichida ilk bor qatl jazosi ijro etildi — 9 kishini o‘ldirgan «Tvitter qotili» Takaxiro Shiraisi osib o‘ldirildi.

«Twitter qotili» qatl etildi

Yaponiyada 2017 yilda sodir etilgan ketma-ket qotilliklar bo‘yicha ayblangan Takaxiro Shiraisi qatl etildi. Bu mamlakatda 2022 yildan beri amalga oshirilgan birinchi qatl jazosi hisoblanadi.

Reuters'ning yozishicha, u «Twitter qotili» nomi bilan mashhur bo‘lib, ijtimoiy tarmoq orqali tanishgan 8 ayol va 1 erkakni Zama shahridagi o‘z uyida bo‘g‘ib o‘ldirgan.

Yaponiya adliya vaziri Keysuke Suzuki Shiraisining qatlini shaxsan tasdiqlaganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, ushbu qaror «e’tibor bilan o‘rganilgan, jamiyatda katta shok keltirgan jinoyatlar va mahkumning o‘ta xudbin niyatlari» asosida qabul qilingan.

Yaponiyada o‘lim jazosi odatda osish orqali ijro etiladi va mahkumlar jazo ijro etilishidan bir necha soat oldin xabardor qilinadi.

Teglar

Mavzuga oid