add

Ukraina dronlari «Rosneft» zavodini nishonga oldi — Ufada yong‘in

13.09.2025 | 23:0017194

Ufadagi yirik neftni qayta ishlash zavodiga dron hujumi uyushtirildi. Xujumdan so‘ng yong‘in chiqqan. Rasmiylar hammasi joyida, deb tinchlantirishmoqda.

Ukraina dronlari «Rosneft» zavodini nishonga oldi — Ufada yong‘in
13 sentyabr kuni Ukraina dronlari Boshqirdiston poytaxti Ufada joylashgan neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi. Bu haqda respublika rahbari Radiy Xabirov Telegram kanalida ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, zavodga kamida ikkita pilotsiz parvoz qurilmasi (PPQ) bilan hujum qilingan. Uning aytishicha, birinchi dron o‘qotar qurol bilan urib tushirilgan. U zavod hududiga qulagan va yong‘in chiqqan. Keyinroq ikkinchi dron nishonga aniq urilgan. Hech kim halok bo‘lmagan, lekin ishlab chiqarish maydonida yong‘in chiqqan. Hujumga uchragan korxona aniq aytilmagan bo‘lsa-da, mahalliy manbalar «Bashneft-Novoyl» zavodiga dron urilganini xabar qilmoqda. Ushbu korxona «Rosneft» tarkibiga kiradi va butun Rossiyada ishlab chiqariladigan yuqori oktanli benzinning taxminan 10 foizini, moylarning esa 7 foizini ishlab chiqaradi. Zavod yiliga 7,4 mln tonnagacha neftni qayta ishlash quvvatiga ega. Zavod G‘arbiy Sibir va Tuymazin zaxirasidan xomashyo oladi. U benzin va motor moylaridan tashqari, avia va dizel yoqilg‘isi, mazut, bitum va qo‘shimcha moddalar ham ishlab chiqaradi. Bu zavod Ufadan Ukraina chegarasigacha 1340 km uzoqda joylashganiga qaramay, Ukraina hujumiga uchragani alohida e’tiborga molik holatdir. Hodisa ro‘y berishi arafasida Rosaviatsiya Ufa aeroportida fuqarolik parvozlarini qabul qilish va jo‘natishni vaqtincha to‘xtatganini e’lon qilgan. Shu vaqt atrofida Ufada mobil internetda uzilishlar kuzatilgan. Ayni paytga kelib Ufa aeroporti shtat rejimida ishlamoqda. Shuningdek, 3 mart kuni ham Ufadagi «Rosneft» korxonasi hujumga uchragan edi. Ukrainadagi OSINT tahlilchilarga ko‘ra, o‘shanda dronlar L-24-7 qurilmasini, yonilg‘i omborlari va xomashyo quvurlarini yo‘q qilgan, katta yong‘in kelib chiqqan. Bu rezervuarlardan biri portlab ketgani aytilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid

Ukraina dronlari «Rosneft» zavodini nishonga oldi — Ufada yong‘in | Vaqt.uz