add

Ukraina dronlari Rossiyaning 4 ta neft ob’ektlarini ishdan chiqardi

23.08.2025 | 19:2944323

So‘nggi bir hafta ichida Ukraina dronlari Rossiya hududidagi ikki neftni qayta ishlash zavodi va ikki nasos stansiyasiga zarba berdi. Hujumga duchor bo‘lgan zavodlardan biri uch kundan beri yonmoqda.

Ukraina dronlari Rossiyaning 4 ta neft ob’ektlarini ishdan chiqardi
So‘nggi hafta davomida Ukraina Qurolli Kuchlari tarkibidagi Dron tizimlari kuchlari — SBS Rossiyaning to‘rtta muhim neft ob’ektlariga zarba berdi. Bu haqda SBS qo‘mondoni Robert «Madyar» Brovdi o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, zarba berilgan ob’ektlar qatorida ikkita neftni qayta ishlash zavodi (NQIZ) va ikkita neft nasos stansiyasi (NPS) bor. Ulardan biri — Rostov oblastidagi Novoshaxtinsk NQIZ allaqachon 60 soatdan ortiq vaqtdan beri yonmoqda. Brovdining aytishicha, bu hujumda 14-polk hamda SBSning «Graf» guruhi ishtirok etgan. Qo‘mondon, shuningdek, SBS tomonidan amalga oshirilgan hujumlar tartibini ham sanab o‘tdi. Xususan, 14 avgust kuni Volgogradda joylashgan «Lukoyl»ga tegishli NQIZga zarba berilgan. Bu zavod ilgari «Stalingrad NQIZ» nomi bilan tanilgan. 18 avgust kuni esa Ukraina dronlari «Nikolskoye» nasos stansiyasiga zarba berdi. Bu orqali «Drujba» neft haydash quvuri ishini to‘xtatgan. Brovdining ta’kidlashicha, Rossiya tomoni neft oqimini 48 soatda tikladi degan ma’lumotlarni tarqatgan bo‘lsa-da, bu hozircha tasdiqlanmagan.

Teglar

Mavzuga oid

undefined | Vaqt.uz