add

«Ukraina juda og‘ir tanlov oldida turibdi» — Zelenskiy xalqqa murojaat qildi

Kecha 21:3522302 Daqiqa

Zelenskiy Ukraina tashqi bosim ostida taqdiri hal bo‘ladigan tanlov qarshisida turganini aytdi.

«Ukraina juda og‘ir tanlov oldida turibdi» — Zelenskiy xalqqa murojaat qildi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Qadr-qimmat va erkinlik kuni munosabati bilan AQSH tomonidan taklif etilgan tinchlik rejasini qabul qilish uchun Kiyevga bosim kuchaygani haqidagi xabarlar fonida xalqqa murojaat bilan chiqdi.

«Biz hozir tariximizning eng og‘ir damlarini boshdan kechiryapmiz. Ukraina oldida juda qiyin tanlov turibdi: yo qadr-qimmatni yoki asosiy hamkorini yo‘qotish xavfi. Yo muzokaralardagi og‘ir 28 punkt, yoki juda og‘ir qish. Bizdan ikki marta hujum qilgan odamga ishonishimizni talab qilishmoqda va javob kutishyapti.

Biz xotirjam bo‘lamiz, lekin shu bilan birga AQSH va hamkorlar bilan tezda ishlaymiz va dushmanga Ukraina tinchlikni xohlamaydi, deb aytishga bahona bermaymiz. Men tinchlik rejasida ikkita narsa — ukrainaliklarning qadr-qimmati va erkinligi hisobga olinishi uchun kurashaman.

Urush tugashi uchun hamma chorani ko‘ramiz, lekin Ukraina ham, Yevropa ham, global tinchlik ham tugab qolmasligi kerak. Hozir u bizga munosib dunyo uchun har qachongidan ham ko‘proq kerak. Odamlar, fuqarolar, siyosatchilar — hammamiz bir joyga to‘planishimiz, jang-u jadallarni, siyosiy o‘yinlarni bas qilishimiz kerak.

Biz deyarli to‘rt yildan beri dunyodagi eng kuchli armiyalardan birini to‘xtatib turibmiz. Xalqimiz urush tugashini istaydi. Biz po‘latdek mustahkammiz, ammo hatto eng mustahkam metall ham abadiy bardosh bera olmaydi. Urushning birinchi kunidayoq orqaga chekinmadik. Bu — qadr-qimmat. Bu — erkinlik. Rossiya uchun eng qo‘rqinchlisi — ukrainaliklarning birligi. Hozir bu birlik bizga munosib tinchlik uchun har qachongidan ham ko‘proq zarur. Insonlar, fuqarolar, siyosatchilar - barchamiz birlashishimiz, nizolar va siyosiy o‘yinlarni to‘xtatishimiz lozim. Ortimda Ukraina xalqi turganini bilsam, munosib tinchlikka erishish men uchun osonroq bo‘ladi.

Kelgusi hafta oson kechmaydi. Bizni bir-birimizga qarshi qo‘yish uchun ko‘p bosim bo‘ladi. Dushman bizning muvaffaqiyatsizligimiz uchun barcha choralarni ko‘radi. Biz bunga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Tinchligimiz, qadr-qimmatimiz va erkinligimiz uchun Ukraina ichida yakdil bo‘lishimiz shart. Men yolg‘iz emasligimga ishonaman va bilaman.

Teglar

Mavzuga oid

«Ukraina juda og‘ir tanlov oldida turibdi» — Zelenskiy xalqqa murojaat qildi | Vaqt.uz