add

Ukraina rasman «rashizm» atamasini qonuniy muomalaga kiritdi

30.08.2025 | 11:3025833

Zelenskiy imzolagan yangi qonunda Rossiyaning davlat siyosati totalitarizm va shovinizm an’analariga asoslangani qayd etilgan.

Ukraina rasman «rashizm» atamasini qonuniy muomalaga kiritdi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «Ukraina xalqining milliy xotirasi davlat siyosati asoslari to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, mamlakat tarixida ilk bor «rashizm» termini rasman qonuniy asosda ta’riflangan. Bu haqdagi ma’lumot Ukraina Oliy Radasi saytida e’lon qilindi. Qonunga muvofiq, «rashizm» — bu totalitar ideologiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, u Rossiyadagi «natsizmga moyil totalitar rejim» siyosiy asoslariga tayanadi. Hujjatda ta’kidlanishicha, bu ideologiya Rossiya shovinizmi va imperializmi an’analariga tayangan holda kommunistik va natsizm tarzidagi amaliyotlarni qo‘llaydi. Maqsad — Rossiya tomonidan Ukraina tarixini buzib ko‘rsatish, «umumiy meros» haqidagi tezislar orqali urushni oqlash urinishlariga qarshi turish. Yangi qonun jamiyatni umumiy tarixiy haqiqat atrofida birlashtirish vositasi sifatida qabul qilindi. Shuningdek, qonun doirasida «Ukrainaning mustaqillik uchun urushlari», «ukrain xalqiga qarshi jinoyatlar» va «tarixiy aksilukrain targ‘ibot» kabi atamalar ham aniq belgilab qo‘yildi. Qonunga ko‘ra, Ukraina Milliy xotira institutining taklifiga asosan, har 5 yilda Vazirlar mahkamasi Ukraina milliy xotirasini tiklash va asrash bo‘yicha Davlat strategiyasi va uni amalga oshirish rejasini tasdiqlab borishi lozim.

Teglar

Mavzuga oid