
Ukraina Sumi oblastida 200 dan ortiq aholi punktidan evakuatsiya boshladi
01.06.2025 | 11:0017583
Rossiyaning Sumi oblastidagi yangi hujumi tufayli Ukraina 213 ta aholi punktidan majburiy evakuatsiya e’lon qildi. Kreml bilan muzokaralar arafasida Kiyev xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda.

Ukraina Sumsi oblastida joylashgan 213 ta aholi punktidan majburiy evakuatsiya e’lon qildi. Bu qaror Rossiya hujumlarining kuchayishi tufayli qabul qilindi. Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Grigorovning ma’lum qilishicha, so‘nggi kunlarda rossiyalik harbiylar tomonidan 11 ta qishloq yangidan hujumga uchragan olingan.
Ukraina chegara xizmatining vakili Andriy Demchenko Rossiya Sumi shahriga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Sumi oblastiga 50 mingdan ortiq rossiyalik askar yo‘naltirilganini aytdi va hujumning kengayishi xavfi borligini ta’kidladi.
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning Sumi oblastidagi yana bir aholi punkti — Vodolaga qishlog‘ini nazoratga olganini xabar qildi. Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi kelishuv muzokaralarining navbatdagi bosqichi 2 iyun kuni Istanbulda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
The New York Times nashrining yozishicha, Moskva muzokaralar arafasida Ukrainaga nisbatan yangi hujumni boshlagan. Bu amaliyot Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk oblastidagi chekinishidan so‘ng quruqlik va havodan faollashgan.
Rossiya muzokaralarda ishtirok etishini rasman tasdiqlagan bo‘lsa-da, Kiyev Kreml o‘z tinchlik shartlarini oldindan taqdim etmas ekan, hech qanday natija bo‘lishi mumkin emasligini ma’lum qilgan.
Meta description:





