add

Ukraina Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi

25.09.2025 | 15:501623

Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadning rahbarligi davrida uzilgan edi.

Ukraina Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Ukraina va Suriya 2025 yil 25 sentyabrda diplomatik aloqalarni tiklash bo‘yicha kelishuvga erishdi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy BMT Bosh Assambleyasi doirasida Suriyaning muvaqqat prezidenti Ahmad Ash-Shara’a bilan uchrashuvdan so‘ng bu haqda ma’lum qildi. Zelenskiy: «Bugun Ukraina va Suriya diplomatik aloqalarini tiklash bo‘yicha qo‘shma kommyunike imzoladi. Biz ushbu muhim qadamni olqishlaymiz va Suriyaning barqarorlik yo‘lida yordam berishga tayyormiz.» — deb yozgan o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida. Zelenskiyga ko‘ra, uchrashuvda xavfsizlik tahdidlari, ikki davlat o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari va ularning rivojlanishi muhokama qilingan va munosabatlarni o‘zaro hurmat va ishonch asosida mustahkamlashga kelishilgan. Ukraina 2022 yilda Suriyaning o‘sha vaqtdagi prezidenti Bashar Asad Donetsk va Luganskni mustaqil davlatlar sifatida tan olganidan so‘ng Damashq bilan diplomatik aloqalarni uzgan edi. Shundan keyin, Suriya ham Kiyev bilan aloqalarni to‘xtatganini e’lon qilgan edi. Ma’lumot uchun, Ash-Shara’a, 21 sentyabrda BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka borgan edi. Bu Suriya prezidenti uchun qariyb 60 yil ichida muhim siyosiy uchrashuvlarda birinchi ishtirok etishidir.

Teglar

Mavzuga oid

Ukraina Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi | Vaqt.uz