add

Ukrainada biznes tekshiruviga moratoriy e’lon qilindi

22.07.2025 | 09:0019323

Ukrainada davlat organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga aralashishga qarshi rasmiy moratoriy joriy etildi. Bu qaror mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan.

Ukrainada biznes tekshiruviga moratoriy e’lon qilindi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, 21 iyul kun Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining yangilangan tarkibdagi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda asosiy e’tibor iqtisodiy xavfsizlik masalasiga qaratildi. Zelenskiyning ta’kidlashicha, endi Ukraina ichki kuchlarni taraqqiyotga — iqtisodiyot o‘sishiga, ish o‘rinlari yaratilishiga va mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga yo‘naltiradi. Buning uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, jumladan, hamkor davlatlar bilan qo‘shma ishlab chiqarishlarni mahalliylashtirish loyihalarini kengaytirish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi davlat organlarining biznesni tekshirishlari hamda har qanday aralashuviga nisbatan qat’iy moratoriy e’lon qildi. Zelenskiy bu qarorni Ukrainada iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash yo‘lidagi asosiy qadam sifatida baholadi. Uning ta’kidlashicha, ukrain biznesi va xalqaro sheriklar bilan hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan har qanday tashabbus tezkor va samarali ravishda amalga oshirilishi lozim. Prezident mamlakat iqtisodiyoti yaqin olti oy ichida sezilarli natijalar ko‘rsatishi kerakligini qayd etdi.

Teglar

Mavzuga oid