add

Ukrainadagi urushni 24 soatda to‘xtataman degan gapim satira edi — Tramp

25.06.2025 | 21:3040393

AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi urushni 24 soatda to‘xtatish haqidagi avvalgi bayonoti satira va hazil bo‘lganini aytdi. U Putinni «murakkab shaxs» deb atadi va Zelenskiy bilan ham muammolari borligini bildirdi.

Ukrainadagi urushni 24 soatda to‘xtataman degan gapim satira edi — Tramp
AQSH prezidenti Donald Tramp 25 iyun kuni qilgan bayonotida Ukrainadagi urushni 24 soat ichida to‘xtatish haqida aytgan so‘zlari jiddiy emas, balki satira tarzida aytilib, umumiy siyosiy kontekstni tanqid qilishga qaratilganini ma’lum qildi. «Albatta, bu so‘zlarim hazil, satira edi. Bu — dunyodagi eng murakkab urush. Bu ishni bir kunda hal etish haqida gapirish — murakkab voqelikni kamsitish bo‘lar edi», - dedi Tramp. U shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqida fikr bildirib, uni «juda murakkab inson» deb atadi. Zelenskiy bilan ham o‘zaro kelishmovchiliklar bo‘lganini tan oldi. «Bu juda murakkab urush. Bu yerda barcha tomonlar o‘z manfaatlari uchun harakat qilmoqda va vaziyat juda chuqur ildizlarga ega», - deb qo‘shimcha qildi Tramp. Trampning avvalgi bayonotlari jahon ommaviy axborot vositalari va siyosiy tahlilchilar orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgandi. U urushni zudlik bilan to‘xtatish mumkinligini da’vo qilgan edi. Endi esa u so‘zlarini yumshoq uslubda rad etdi.

Teglar

Mavzuga oid