add

Ukrainani tiklash uchun 10 mlrd yevro va’da qilindi

12.07.2025 | 12:002223

Rim shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanda davlatlar va tashkilotlar Ukraina uchun 10 milliard yevrodan ziyod yordam mablag‘lari ajratishni va’da qildi. Bu G‘arbning Kiyevga bo‘lgan siyosiy va iqtisodiy tayanishi yanada mustahkamlanayotganini ko‘rsatmoqda.

Ukrainani tiklash uchun 10 mlrd yevro va’da qilindi
10–11 iyul kunlari Italiya poytaxti Rimda o‘tkazilgan Ukrainani qayta tiklash bo‘yicha 4-xalqaro konferensiyada Kiyevga moliyaviy yordam berish bo‘yicha umumiy hisobda 10 mlrd yevrodan ortiq mablag‘ va’da qilindi. Bu haqda Italiya bosh vaziri Jorja Meloni ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, davlatlar, xalqaro moliya institutlari, mahalliy hokimiyatlar, biznes va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirokidagi anjumanda jiddiy moliyaviy majburiyatlar olingan. Meloni, shuningdek, Rossiya harbiylarining Ukrainadagi cherkovlar va muzeylarni yo‘q qilganini keskin tanqid qilib, bunday madaniy boyliklar Yevropa umumiy merosi ekanini ta’kidladi. U Italiya ushbu obidalarni tiklashda ishtirok etishini bildirdi. Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ham anjumanda ishtirok etib, Ukrainaning mudofaa salohiyati hozircha faqat 60 foizga ishlayotganini aytdi va Yevropa kompaniyalari bu sohani kapital bilan qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. U Yevroittifoq tomonidan Ukrainani tiklashga xos yangi Yevropa jamg‘armasi tashkil etilishini e’lon qildi. Mazkur jamg‘arma xususiy sarmoyalarni jalb qilishni maqsad qilgan.

Teglar

Mavzuga oid