add

UPay HUMO tizimiga to‘liq ulandi

15.05.2025 | 12:0336692

O‘zbekistonda to‘lov infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan yana bir qadam sifatida UPay to‘lov tizimi HUMO milliy to‘lov tizimiga muvaffaqiyatli integratsiya qilindi. Bu jarayon Raqobat qo‘mitasi ko‘magida amalga oshirildi.

UPay HUMO tizimiga to‘liq ulandi
UPay tizimi tomonidan «Milliy banklararo protsessing markazi» AJ bilan integratsiya masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan. Qo‘mita belgilangan tartibda o‘rganish ishlarini olib borib, rasmiy so‘rov asosida masalani ko‘rib chiqqan va ijobiy hal etgan. Shundan so‘ng, «Maroqand» AJga tegishli bo‘lgan UPay to‘lov platformasi HUMO tizimiga to‘liq ulandi. Bu orqali barcha to‘lov operatsiyalari qayta tiklanib, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish to‘liq yo‘lga qo‘yildi. Ushbu integratsiya nafaqat to‘lov tizimlari o‘rtasidagi uzviy hamkorlikni kuchaytirdi, balki raqamli moliya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini ham kengaytirdi. Raqobat qo‘mitasi ushbu jarayonda monopoliyaga qarshi talablarga rioya etilishini ta’minlash bilan birga, bozorda barqaror raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shdi. Mazkur qadam mahalliy to‘lov ekotizimini yanada diversifikatsiya qilish, innovatsion yechimlarni tezkor joriy etish va raqamli xizmatlarga ishonchni oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid