add

Uptober: Nimaga oktyabr oyi Bitcoin uchun eng yaxshi oy hisoblanadi?

03.10.2025 | 12:3044193

Kriptovalyuta hamjamiyatida allaqachon an’anaga aylangan bir tushuncha bor — «Uptober». Bu atama inglizcha «Up» (o‘sish) va «October» (oktyabr) so‘zlaridan hosil bo‘lib, Bitcoin hamda boshqa kripto-aktivlarning tarixan aynan oktyabr oyida kuchli o‘sish ko‘rsatishiga asoslanadi.

Uptober: Nimaga oktyabr oyi Bitcoin uchun eng yaxshi oy hisoblanadi?
So‘nggi 10 yil ichida Bitcoin'ning oktyabr oyidagi o‘rtacha daromadliligi +21,6 foiz bo‘lgan. Faqatgina bir marta — 2018 yilda bu oy salbiy natija bilan yakunlangan. Qolgan barcha yillarda esa BTC ijobiy dinamikani qayd etib, ko‘plab investorlar uchun muhim davrga aylangan. Moliyaviy kompaniya Matrixport o‘z hisobotida, agar Bitcoin kursi 108 ming dollardan yuqori saqlanib qolsa, bozor «Distorted trends» (buzoq trendlari — ya’ni o‘sish tendensiyasi)ni davom ettirishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Shu bilan birga, CryptoQuant yanada optimistik qarash bildirdi, ularning prognoziga ko‘ra, 2025 yilning IV choragida BTC 160 ming – 200 ming dollar diapazonigacha ko‘tarilishi mumkin. «Uptober» nafaqat Bitcoin'ga, balki boshqa kripto-aktivlarga ham ta’sir qilmoqda. Oktyabrning dastlabki kunlaridan boshlab altkoinlar bozorida sezilarli o‘sish bo‘ldi. Ayniqsa, privacy-tokenlar segmentida deyarli barcha loyihalar keskin narx oshishini ko‘rsatdi. Bu esa investorlarning kriptobozoriga qiziqishi ortib borayotganidan dalolat beradi. «Uptober» fenomeni kriptobozorda allaqachon kuchli psixologik omilga aylangan. Investorlar va treyderlar oktyabr oyini ijobiy kutishmoqda, bu esa bozorda qo‘shimcha talab yaratadi. Shunday bo‘lsa-da, kripto-aktivlar yuqori volatillik (narxlarning juda tez-tez va keskin o‘zgarish)ga ega bo‘lib qolmoqda va bu jarayonda ehtiyotkorlik bilan harakat qilish muhim.

Teglar

Mavzuga oid

Uptober: Nimaga oktyabr oyi Bitcoin uchun eng yaxshi oy hisoblanadi? | Vaqt.uz