add

Uran narxi yana oshib bormoqda

25.06.2025 | 08:3022742

Uran bozorida uzoq muddatli pasayishdan so‘ng, narxlar qaytadan ko‘tarilmoqda. AQSH atom energetikasi sohasini deregulyatsiya qilishga qaratilgan Tramp ma’muriyatining rejalari ushbu o‘sishga asosiy turtki bo‘lmoqda.

Uran narxi yana oshib bormoqda
2024 yil boshida 100 dollardan pastga tushgan uran (U308) narxi 2025 yilda qaytadan o‘sishni boshladi. Ikkinchi oydirki, narx oshib bormoqda — aprel oxiridan may oxirigacha bir funt uchun 67,7 dollardan 71,6 dollargacha ko‘tarilgan narx, iyunning ikkinchi o‘n kunligida 75 dollarga yetdi. Narxlar o‘sishiga AQSHda atom energetikasi sohasini erkinlashtirishga qaratilgan yangi siyosat turtki bo‘ldi. Donald Tramp ma’muriyatining bayonotiga ko‘ra, atom stansiyalarini ishlash muddatini uzaytirish bo‘yicha arizalar ko‘rib chiqilishi uchun endi bir yildan ko‘p vaqt ketmasligi lozim. Yangi energobloklar qurilishi uchun esa ruxsat olish jarayoni 18 oydan oshmasligi belgilanmoqda. Bu o‘zgarishlar AQSH atom energetikasini faol ravishda kengaytirishga qaratilgan. Hukumat rejasiga ko‘ra, 2050 yilgacha mamlakatda AES quvvati 100 GVtdan 400 GVtgacha oshirilishi kerak.

Teglar

Mavzuga oid