add

Urganchda ikki o‘quvchi qiz ko‘p qavatli uydan o‘zini tashlab, halok bo‘ldi

08.07.2025 | 23:5649292

Xorazm viloyati markazida 15 va 16 yoshli qizlar yetti qavatli binodan tushib, halok bo‘ldi. Ular o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda.

Urganchda ikki o‘quvchi qiz ko‘p qavatli uydan o‘zini tashlab, halok bo‘ldi
Urganch shahrida 2 nafar voyaga yetmagan qiz ko‘p qavatli uy tomidan pastga quladi. Ular voqea joyida halok bo‘lgan. Bu haqda Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Vaqt.uz'ga ma’lum qildi. Qayd etilishicha, Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB navbatchilik qismiga 7 iyul kuni soat 08:15 larda «Nurli hayot» ko‘chasi 20-uy manzilida joylashgan yetti qavatli uyning tomidan 2 nafar ayol jinsiga mansub fuqarolar o‘zini-o‘zi pastga tashlab, vafot etgani haqida xabar kelib tushgan. O‘tkazilgan dastlabki tekshiruvlar natijasida, o‘z joniga qasd qilgan shaxslar voyaga yetmagan S.D.  (2009) hamda B.S. (2010) ekani aniqlangan. Marhumalar Urganchda istiqomat qilgan bo‘lib, hozirda voqea yuzasidan Urganch shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid