add

Urganchda katta tergovchi 3 ming dollar pora bilan ushlandi

25.06.2025 | 22:0047363

Urganch shahar prokuraturasi katta tergovchisi jinoyat ishini sudga yubormaslik va yopib berish evaziga fuqarodan pul va buyumlar talab qilgan. Ammo ish sudga o‘tkazilganini bilgan fuqaro pora qaytarilishini talab qilganda, tergovchi ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Urganchda katta tergovchi 3 ming dollar pora bilan ushlandi
Urganch shahar prokuraturasi katta tergovchisi mansab mavqeidan foydalanib, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan mahalliy fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilib, o‘zining hamkasbi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishini ayblov xulosasi bilan sudga yuborilmasdan, tergovda tugatib berish evaziga 3000 AQSH dollari talab qildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, katta tergovchi 2025 yilning 16-28 may oralig‘ida 1000 AQSH dollari, 10 mln so‘m, qiymati 1000 AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 dona seyf va 1 mln 300 ming so‘mlik 1 dona ish stoli jamlanmasini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi. Ammo, fuqaro o‘ziga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168 moddasi 1-qismi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyati ishi dastlabki tergovda tugatilmasdan, ayblov xulosasi bilan sudga yuborilganligini bilgach, tergovchidan muqaddam berilgan pul mablag‘lari va ashyolarni qaytarib berishini talab qiladi. Shundan so‘ng, tergovchi 1000 AQSH dollari, qiymati 1000 AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 dona seyf va 1 mln 300 ming so‘mlik 1 dona ish stoli jamlanmasini fuqaroga qaytarib bergan vaqtida DXXning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Xabarga ko‘ra, hozirda tergovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Teglar

Mavzuga oid