add

«Uy, mashina va boshqa mol-mulklar»: bankdan 93 milliard so‘mni «uxlatgan» xodimlar guruhi fosh bo‘ldi

21.07.2025 | 20:009143

O‘zbekiston Oliy sudi 2025 yil 16 iyulda bir guruh bank mansabdorlariga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqdi. Ular fiktiv omonat va kredit hisoblari orqali 93 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirishda aybdor deb topildi.

«Uy, mashina va boshqa mol-mulklar»: bankdan 93 milliard so‘mni «uxlatgan» xodimlar guruhi fosh bo‘ldi
Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha taftish instansiyasida ko‘rilgan ishda ma’lum бўлишича, bankning Sherobod filialida ishlagan bir necha mansabdor shaxslar umumiy jinoiy maqsad asosida uyushgan guruh tuzib, uydirma hisob raqamlari ochgan. Ular orasida bosh hisobchi, hisobchi, kredit inspektori, yurist, IT bo‘lim boshlig‘i va plastik karta bo‘limi mutaxassisi bor. Jinoyatchilar aniqlanmagan shaxslar nomidan omonat va kredit hisoblari ochib, bank dasturi — «iABS» orqali pul mablag‘larini rasmiylashtirgan. Keyin bu mablag‘lar turli bank kartalariga o‘tkazilib, bankomatlar orqali naqd pulga aylantirilgan. Ushbu sxema orqali jami 93 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ talon-toroj qilingan. Tergov davomida ushbu mablag‘larning bir qismi avtomobil, uy-joy va boshqa mulklarni sotib olishga yo‘naltirilgani, ayrim mulklar esa uchinchi shaxslar nomiga rasmiylashtirilgani aniqlangan. Shuningdek, aniqlagan zararning umumiy summasi 10 milliard so‘mdan ortiq ekanligi ko‘rsatilgan. Sud 2020 yil 2 noyabrdagi Qashqadaryo viloyat sudi hukmini o‘zgartishsiz qoldirdi. Sudlanuvchilarga 7,5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Ularga rahbarlik va moddiy javobgarlikka ega lavozimlarda ishlash 2,5 yilgacha taqiqlangan. Bank vakillari keltirilgan zarar uchun suddan solidar tartibda javobgarlik belgilashni so‘ragan va sud bu talabni qanoatlantirgan.

Teglar

Mavzuga oid