add

UzAuto Motors 2024 yilda 315 mln dollar sof foyda ko‘rdi

11.07.2025 | 21:408803

UzAuto Motors 2024 yilni 314,9 mln dollarlik sof foyda bilan yakunladi. Ammo bu natija 2023 yilga nisbatan 5,6 foizga kamaydi. Daromaddagi pasayish ichki va tashqi bozorda sotuvlar qisqarishi bilan bog‘liq.

UzAuto Motors 2024 yilda 315 mln dollar sof foyda ko‘rdi
Kompaniyaning umumiy yillik daromadi 4,24 mlrd dollarni tashkil qildi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 8 foizga kamaygan. Daromadning pasayishi asosan ichki bozordagi 8,2 foizlik va eksportdagi 7 foizlik tushish bilan izohlanadi. Jumladan, ichki sotuvlar 3,7 mlrd dollar, eksport hajmi esa 494,4 mln dollarni tashkil etdi. Xarajatlar ichida savdo xarajatlari 128 mln dollar, boshqaruv xarajatlari esa 61 mln dollarni tashkil etgan. Daromad solig‘i uchun kompaniya 62,6 mln dollar to‘lagan. Valyuta kurslari o‘zgarishi ortidan 25,6 mln dollarlik zarar qayd etilgan — bu 2023 yilga nisbatan ancha past ko‘rsatkichdir. UzAuto Motors’ning umumiy aktivlari 2,46 mlrd dollarga teng bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 16,9 foizga kamaygan. Ammo sof kapital o‘sib, 908,8 mln dollarga yetdi. Jami majburiyatlar esa 1,55 mlrd dollarga tushgan. Daromad manbalari bo‘yicha esa Asakadagi CKD ishlab chiqarish segmenti 3,12 mlrd dollar tushum va 90 mln dollar foyda keltirdi. Pitnak zavodida 904 mln dollar daromad va 212 mln dollar foyda qayd etilgan. Import avtomobil savdosi esa 202 mln dollarlik tushum va 14 mln dollarlik foyda bilan yakunlangan. 2024 yil yakuniga kelib, UzAuto Motors’da 15 234 nafar xodim mehnat qilgan. Bu 2023 yilga nisbatan biroz kam — 16 511 nafar xodim faoliyat yuritgan edi.

Teglar

Mavzuga oid