
«UzAuto Motors» rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi
12.06.2025 | 22:0044552
Vengriyalik mutaxassis «UzAuto Motors» aksiyadorlik jamiyatining bosh direktori lavozimiga tayinlandi. Bu qaror kompaniya kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilindi.

Vengriyalik mutaxassis «UzAuto Motors» aksiyadorlik jamiyatining bosh direktori lavozimiga tayinlandi. Bu qaror kompaniya kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilindi.
«UzAuto Motors» aksiyadorlik jamiyatida rahbariyat o‘zgarishi amalga oshirildi. Kuzatuv kengashi qaroriga asosan, kompaniyaning yangi bosh direktori lavozimiga vengriyalik mutaxassis Yanush Kovach tayinlandi.
Rasmiy хабарга ko‘ra, Yanush Kovach Budapesht Texnika universitetini avtomobilsozlik texnologiyalari bo‘yicha muhandislik mutaxassisligida tamomlagan. U General Motors, Opel, GM Powertrain Uzbekistan, UzAuto Peugeot Citroën Automotive va VinFast Automotive kabi yirik kompaniyalarda rahbarlik lavozimlarida tajribaga ega.
Kovach 2021 yildan buyon «UzAuto Motors» AJ kuzatuv kengashi a’zosi va audit qo‘mitasi a’zosi sifatida ham faoliyat olib borgan.





