add

«UzAutoMotors» shartnomalarini bekor qilsaningiz to‘lov 10 kun ichida qaytarib beriladi

30.07.2025 | 11:4534082

Raqobat qo‘mitasi tekshiruvi natijasida «UzAutoMotors» AJ avtomobil sotuvi shartnomalaridagi bir tomonlama va iste’molchi manfaatiga zid bo‘lgan 21 ta band qonun talablariga moslashtirildi.

«UzAutoMotors» shartnomalarini bekor qilsaningiz to‘lov 10 kun ichida qaytarib beriladi
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi «UzAutoMotors» AJ tomonidan amalga oshirilayotgan shartnoma siyosatidagi kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etishga erishdi. Kompaniyaning dilerlik shartnomalarida jami 45 ta kichik band mavjud bo‘lib, shulardan 21 tasi qayta ko‘rib chiqildi. Yangilangan shartnomalarda bir nechta muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, mijozlar shartnomadan voz kechsa, avvalgi 30 kunlik pul qaytarish muddati 10 kungacha qisqartirildi. Bu, ayniqsa, qaytarish jarayonida yuzaga kelayotgan sun’iy kechiktirishlarning oldini oladi. Avtomobilni yetkazib berish muddatiga oid 45 kunlik uzaytirish tartibi endi sotuvchining majburiyatlaridan olib tashlanib, fors-major holati sifatida baholanadi. Bundan tashqari, bir rusumdagi avtomobil uchun takroran shartnoma tuzish holatida 120 kunlik kechiktirish haqidagi band butunlay bekor qilindi. Shuningdek, endi shartnomada sotuvchi tomonidan qonunchilikda belgilangan barcha majburiyatlar aniq va ochiq belgilangan. Bu o‘zgarishlar iste’molchilarning manfaatini qonuniy asosda himoya qilishga xizmat qiladi.

Teglar

Mavzuga oid