add

UZCARD tizimi ishlamay qoldi

28.08.2025 | 14:3728942

Kompaniya tizimda profilaktika ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

UZCARD tizimi ishlamay qoldi
Ayni paytda Uzcard to‘lov tizimi ishlamayotgani ma’lum bo‘ldi. Fuqarolar kartalaridan mobil ilovalar yoki terminallar orqali to‘lov amalga oshira olmayapti. Shuningdek, Uzcard’ning rasmiy veb-sayti ham ishdan chiqqani xabar qilinmoqda. Kompaniya UZCARD to‘lov tizimida rejadan tashqari profilaktika ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi. Ma’lumotlariga ko‘ra, profilaktika ishlari sababli bankomatlar (ATM), E-POS va POS terminallari ishida vaqtincha uzilishlar kuzatilishi mumkin. Shuningdek, xalqaro bank kartalari va chet elda kobeydjing kartalaridan foydalanishda ham muammolar kuzatilishi mumkinligi aytilgan. UZCARD sayti ishida ham vaqtincha nosozlik qayd etilmoqda. Kompaniya xodimlari tizim barqarorligini tiklash ustida ish olib borayotgani bildirildi. Tashkilot fuqarolardan vaqtincha noqulayliklar uchun uzr so‘rab, muammolar tez orada bartaraf etilishini ma’lum qildi. UZCARD — mamlakatda eng yirik to‘lov tizimlaridan biri bo‘lib, uning ishidagi uzilishlar aholi va biznesning kundalik moliyaviy faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid