add

«UZKAD» tizimi orqali yerlar to‘liq raqamlashtirilmoqda

28.07.2025 | 10:3029423

O‘zbekistonda yer resurslarini elektron xaritalash va davlat ro‘yxatiga olish bo‘yicha ishlar yangi bosqichga chiqdi. Mamlakatdagi 44,9 mln gektar yer maydonining qariyb 95 foizi «UZKAD» axborot tizimiga kiritildi.

«UZKAD» tizimi orqali yerlar to‘liq raqamlashtirilmoqda
O‘zbekistonda yerlardan samarali foydalanish, ularni qonuniylashtirish va soliq tizimini takomillashtirish maqsadida raqamlashtirish ishlari jadal sur’atda olib borilmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha mavjud 44,9 mln gektar yer maydonining 42,5 mln gektari elektron xaritaga tushirildi. Shu asosda 1,9 mln ta yerdan foydalanuvchilar uchun 42,1 mln gektar yer bo‘yicha kadastr yig‘ma jildlari tayyorlanib, davlat ro‘yxatiga olindi. Bunda eng katta ulush qishloq xo‘jaligi yerlariga to‘g‘ri keladi — 23,2 mln gektar yer ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Suv fondi yerlarining 1 mln gektari, o‘rmon fondi yerlarining 11 mln gektari, tabiatni muhofaza qilish yerlarining 4,2 mln gektari va zaxira yerlarining 2,3 mln gektari ham davlat ro‘yxatiga kiritildi. Bu jarayonlarda jami 155,8 mlrd so‘mlik qo‘shimcha soliq tushumlari aniqlangan. Shuningdek, 366,5 mingta sub’ekt hujjatsiz faoliyat yuritgan yerlar bo‘yicha «foydalanuvchi» sifatida hisobga olindi. Ilgari qayd etilmagan 181,7 mingta ob’ekt va 2,3 mingta qo‘shimcha qurilma aniqlangan. «UZKAD» tizimi orqali amalga oshirilayotgan ushbu raqamlashtirish ishlari yer resurslarini samarali boshqarish, noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo‘yish va byudjet daromadlarini oshirishda muhim omilga aylanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid