
Uzum aksiyalarini London fond birjasiga qo‘ymoqchi
28.10.2025 | 14:404181
Uzum kompaniyasi aksiyalarini London fond birjasiga joylashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqyapti.

O‘zbekistonning Uzum kompaniyasi 2027 yilda o‘tkazishni rejalashtirayotgan ilk ommaviy aksiyalar joylashtirilishiga Londonning ehtimoliy maydonchalardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda, deya xabar qilmoqda «Dunyo» axborot agentligi.
Uzum kompaniyasining hammuassisi Nikolay Seleznyov «Reuters» agentligiga bergan intervyusida London fond birjasi kompaniyaning xalqaro kapital bozoridagi debyuti uchun ko‘rib chiqilayotgan variantlar orasidaligini aytgan.
Bundan tashqari, kompaniya Nyu-Yorkdagi «Nasdaq», shuningdek, Abu-Dabi va Hongkong birjalaridagi imkoniyatlarni ham o‘rganmoqda.





