add

Uzum Market «Global» bo‘limi orqali xalqaro savdoga chiqdi

09.09.2025 | 08:205993

Uzum Market yangi «Global» bo‘limi orqali o‘zbek xaridorlariga xorijiy tovarlarga onlayn buyurtma berish imkonini taklif etmoqda. Bo‘lim test rejimida ish boshladi.

Uzum Market «Global» bo‘limi orqali xalqaro savdoga chiqdi
O‘zbekistonda elektron savdo bozori jadal rivojlanayotgan bir paytda, mahalliy marketpleyslar xalqaro bozorga integratsiyaga intilmoqda. Uzum Market shunday sa’y-harakatlar doirasida yangi «Uzum Market Global» bo‘limni test rejimida ishga tushirdi. Ushbu bo‘lim orqali xaridorlar xorijiy sotuvchilardan to‘g‘ridan to‘g‘ri mahsulotlarga buyurtma berishlari mumkin. Dastlabki bosqichda asosan Xitoy va boshqa Osiyo mamlakatlaridan keltiriladigan kiyim-kechak, poyabzal, aksessuarlar, kosmetika, elektronika va maishiy texnika kabi turli tovarlar taklif etilyapti. «Global» bo‘limidagi mahsulotlar alohida ko‘rsatiladi, umumiy qidiruv natijalarida chiqmaydi. Tovarlarni yetkazib berish muddati o‘rtacha 20–25 kunni tashkil etadi. Hozircha buyurtmalarni UzPost bo‘limlari orqali olish mumkin. Kelgusida Uzum Market o‘zining alohida topshirish punktlarini tashkil qilishni rejalashtirmoqda. Xaridorlarga qulaylik yaratish maqsadida barcha tovarlar alohida savatda jamlanadi. Test bosqichida yetkazib berish xizmatlari bepul bo‘ladi. Barcha narxlar soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatiladi. Agar xarid bojxona limitidan oshsa, ortiqcha summa uchun 30 foizlik to‘lov qo‘llaniladi. Uzum Market Global nafaqat poytaxt, balki chekka hududlarda ham xaridorlarga jahon bozoridan tovar tanlash imkonini beradi. Bu elektron tijorat bozorida yangi bosqich bo‘lib, O‘zbekistonning global savdo maydoniga tezkor integratsiyasini ta’minlaydi.

Teglar

Mavzuga oid