add

«Uzum» nomi bilan faoliyat yuritgan restoran 94 mln so‘m jarima to‘laydi

07.08.2025 | 14:0036193

Umumiy ovqatlanish sohasida «Uzum» brendiga o‘xshash belgi bilan faoliyat yuritgan korxona sud qaroriga ko‘ra 94 mln so‘m jarimaga tortildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Uzum» nomi bilan faoliyat yuritgan restoran 94 mln so‘m jarima to‘laydi
Ma’lumotlarga ko‘ra, F.T. korxonasi «Uzum Tezkor» va «Uzum Food» tovar belgisiga o‘xshash belgidan noqonuniy foydalanib kelgan. Mazkur holat bo‘yicha huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilib, sudga murojaat etilgan. «Uzum Tezkor» tomonidan berilgan da’vo arizasida mazkur brendan foydalanish orqali iqtisodiy manfaat ko‘rilgani ta’kidlanib, tovon puli undirilishi so‘ralgan. Sud qaror bilan F.T. korxonasidan 75 mln so‘m tovon puli undirishga hukm chiqargan. Shuningdek, davlat bojlari va boshqa sarf-xarajatlar bilan birgalikda umumiy summa 94 mln so‘mni tashkil etgan. Mazkur qaror brend huquqlarini himoya qilishda sud organlarining samarali ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ma’lumot uchun, 2025 yil aprel oyida Raqobat qo‘mitasi Uzum Tezkor’ni tayyor ovqat va boshqa iste’mol mahsulotlarini yetkazib berish agregatorlari bozorida ustun raqamli platforma sifatida tan olgan. Shuningdek, avvalroq Yandex Market’ga oid reklama ishini Uzum Market foydasiga hal qilgani ma’lum qilgan edik.

Teglar

Mavzuga oid