
Uzum umumiy hajmi 400 mlrd so‘mlik ikkinchi obligatsiyalarini joylashtirishga tayyorlanmoqda
Kompaniya mazkur obligatsiyalar bo‘yicha yillik stavka 24 foiz etib belgilanganini ma’lum qildi.

Uzum kompaniyasi obligatsiyalarining ikkinchi nashrini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi.
Kompaniyaga ko‘ra, yangi nashr avvalgisidan ham yirik va uning umumiy hajmi 400 mlrd so‘mni tashkil qiladi.
Ta’kidlanishicha, obligatsiyalar bo‘yicha yillik stavka 24 foiz etib belgilangan, muomala muddati esa 2 yilni tashkil qiladi. Har bir obligatsiyaning nominal qiymati 100 mln so‘m bo‘lib, bu vositani yirik institutsional investorlardan tashqari xususiy investorlar uchun ham qulaylashtiriladi.
Shuningdek, kompaniya investitsiya imkoniyatlarini yaratish bilangina cheklanib qolmasdan, moliyaviy vositalarni keng jamoa uchun tushunarli va qulay shaklda taklif qilish orqali mamlakatda investitsiya madaniyatini shakllantirishni ham maqsad qilgan.





