add

Vaqt va sanksiyalar Rossiyani zaiflashtirmoqda — SITE

14.05.2025 | 11:3245774

SITE instituti tahlilchilariga ko‘ra, Rossiya iqtisodiyoti «yangidan qurilish» emas, balki «inqirozga yaqin muhit»ga yaqinlashmoqda. Kremlning harbiy iqtisodiyotini sanksiyalar orqali to‘xtatish mumkin.

Vaqt va sanksiyalar Rossiyani zaiflashtirmoqda — SITE
13 may kuni Bryusselda Yevroparlament majlisida Stokholmning SITE instituti «Rossiyaning harbiy iqtisodiyotini moliyalashtirish» deb nomlangan hisobotni taqdim etdi. Hisobot mualliflarining fikricha, Rossiya iqtisodi hozircha «qandaydir yashashi» mumkin, ammo vaqt o‘tishi bilan chuqur inqiroz xavfi ortayapti. Shu bois, G‘arb sanksiyalari bekor qilinmasligi, aksincha kuchaytirilishi kerak. SITE direktori Torbyorn Bekkerning ta’kidlashicha, Rossiya rasmiy statistikani yashirib, iqtisodiy barqarorlik to‘g‘risidagi propagandani boshqarmoqda. Aslida esa Rossiya YAIMi Yevroittifoq iqtisodiyotining 12 foizinigina tashkil qiladi. Bundan tashqari, YAIMning 90 foizi neft va gaz narxlariga bog‘liq. Shu bois Rossiyaning iqtisodiy o‘sishi real emas, balki harbiy xarajatlar orqali sun’iy rag‘batlantirilayotgan o‘sishdir. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Rossiya byudjeti rasman nazoratda ko‘rinadimi, aslida davlat hozirda zaxiralar va ichki qarzlarga tayanayotgani haqiqiy xavfdir. Ya’ni, Rossiya neft eksporti va harbiy sanoatini saqlash uchun resurslarni ichki ehtiyojlar hisobidan to‘ldirmoqda. Bunda so‘nggi paytda «xufyona flot» va Xitoy texnologiyalari orqali sanksiyalarni chetlab o‘tishga urinishlar ko‘paygan. Hisobotda aytilishicha, harbiy sanoat guruhlari — «Rostex», «Almaz-Antey» kabi yirik korxonalar sanksiyalarga qaramasdan faoliyatni kengaytirmoqda. Biroq ular asosan davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirishiga bog‘liq. G‘arb texnologiyalari o‘rnini bosuvchi Xitoy mahsulotlari esa kam samarali va qimmatga tushmoqda. Shuningdek, hisobotda Rossiyaning iqtisodiy salohiyati Yevropa Ittifoqi imkoniyatlari bilan taqqoslash mumkin emasligi, Rossiya YAIMi taxminan 2 trln dollar, YeIniki esa 18,6 trln dollar ekanligi ta’kidlangan. Shu bois, Ukrainaga yordam ko‘rsatish resurslar masalasi emas, siyosiy iroda masalasi ekanligiga urg‘u berilgan. Mualliflar xulosasiga ko‘ra, sanksiyalarni uzluksiz saqlash, harbiy yordamni davom ettirish va yagona iqtisodiy front saqlanishi Rossiya harbiy mashinasini muvozanatdan chiqarishda hal qiluvchi omil bo‘ladi.  

Teglar

Mavzuga oid

Vaqt va sanksiyalar Rossiyani zaiflashtirmoqda — SITE | Vaqt.uz