«Veolia Energy Tashkent» issiqlik va issiq suv uchun to‘lovni alohida ko‘rsatadi
19.09.2025 | 19:403983
«Veolia Energy Tashkent» shaxsiy kabinetda yangi imkoniyat joriy etdi: endi abonentlar issiqlik va issiq suv ta’minoti uchun to‘lovlarni alohida ko‘rishi mumkin. Bu yechim hisob-kitoblarni yanada oshkora va tushunarli qiladi.

«Veolia Energy Tashkent» kompaniyasi abonentlar uchun shaxsiy kabinet xizmatini takomillashtirdi. Matbuot xizmatining xabar berishicha, endi hisob-kitoblar ikki yo‘nalish bo‘yicha ajratib ko‘rsatiladi — isitish va issiq suv ta’minoti.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, mazkur yangilik mijozlarga oilaviy byudjetni aniqroq rejalashtirish va to‘lov tuzilmasini yaxshi anglash imkonini yaratadi. Har bir xizmat uchun alohida summa ko‘rsatilishi hisob-kitoblarni shaffoflashtiradi va savol tug‘ilganda aniq xizmat bo‘yicha murojaat qilish imkonini taqdim etadi.
Yangi imkoniyatdan foydalanish uchun abonentlar cabinet.veoliaenergy.uz saytiga kirishi kerak. «Hisob-kitoblar» bo‘limiga o‘tilgandan so‘ng kerakli davr tanlanadi va «Sharhlash» tugmasi bosiladi.
«Veolia Energy Tashkent» so‘nggi yillarda Toshkentda energiya ta’minoti xizmatlarini modernizatsiya qilish va raqamli yechimlarni joriy etishga alohida e’tibor qaratmoqda. Kompaniyaning fikricha, mazkur o‘zgarish abonentlar bilan muloqotni yanada samarali va shaffof qiladi.
Avvalroq 2025 yil 1 oktyabrdan aholi uchun tariflarni 15 foizga, yuridik shaxslar uchun 40 foizga, byudjet tashkilotlari uchun esa 19 foizga oshirish taklif etilmoqda. Yangilangan narxlarga ko‘ra, ko‘p qavatli uylarda yashovchilar uchun chakana tarif QQSsiz 121,6 ming so‘mdan 139 ming so‘m/Gkalga ko‘tarilishi deputatlar tomonidan tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.