add

Viyetnamda to‘fon sabab yarim milliondan ortiq aholi evakuatsiya qilinmoqda

25.08.2025 | 12:4540983

Vetnam va Xitoyning markaziy hududlariga xavf solayotgan «Kajiki» to‘foni sababli 586 mingdan ortiq aholi o‘z o‘ylarini tashlab ketishga majbur bo‘lmoqda.

Viyetnamda to‘fon sabab yarim milliondan ortiq aholi evakuatsiya qilinmoqda
Viyetnam hukumati ma’lum qilishicha, tabiiy ofat xatarini hisobga olib, 586 mingdan ziyod fuqaro xavfsiz hududlarga ko‘chiriladi. Ob-havo xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, to‘fon markazida shamol tezligi soatiga 166 kmga yetgan, xitoylik sinoptiklar esa u soatiga 180 km.gacha kuchayishini bashorat qilmoqda. Bu haqda CNN nashri xabar berdi. To‘fon Tan Hoa, Kuangchi, Hyue va Danang provinsiyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri urilishi mumkin. Vetnam rasmiylari fuqarolarga xavfsizlik chorasi sifatida 24 avgust soat 14:00 dan keyin ko‘chada yurmaslik tavsiyasini berdi. Harbiylar va qutqaruv xizmatlari favqulodda holatga tayyor holatga keltirilgan. Davlat ommaviy axborot vositalari yozganidek, 7 ta sohilbo‘yi provinsiyasida kemalar harakati to‘xtatildi. «Vietnam Airlines» 22 ta parvozni bekor qildi, «Vietjet» esa bir qator reyslarni kechiktirish yoki bekor qilishga majbur bo‘ldi. To‘fon Xitoyning Haynan oroli va Saniya shahriga ham jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Shaharda 23 avgustdan boshlab favqulodda holat e’lon qilindi va barcha maktablar, savdo markazlari hamda jamoat muassasalari yopildi. Xitoy ob-havo xizmati ma’lumoticha, Haynanning ayrim hududlariga 320 mmgacha yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Vetnam hukumati «Kajiki» to‘fonini 2024 yil oxirida 300 kishini halok qilgan va 3,3 mlrd dollarlik zarar yetkazgan «Yagi» to‘foniga qiyoslamoqda.

Teglar

Mavzuga oid