add

Vladimir Putin hokimiyatga 24 qarindoshini joylashtirgani fosh etildi

Bugun 08:583872

Jurnalistik surishtiruvga ko‘ra, Rossiya rahbari Vladimir Putin hokimiyat tizimiga kamida 24 qarindoshini joylashtirgan va ular davlat mablag‘lariga ega strukturalarda faoliyat yuritmoqda.

Vladimir Putin hokimiyatga 24 qarindoshini joylashtirgani fosh etildi

«Proyekt» jurnalistik tahliliy markazi olib borgan surishtiruvga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hokimiyat tizimida shaxsiy kumovchilik va qarindosh-urug‘chilikni eng yuqori darajaga olib chiqqan. Xabarda aytilishicha, u 24 nafar qarindoshini davlat lavozimlariga joylashtirgan — bu Rossiyaning so‘nggi 100 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichi.

rodstvenniki_putina_061125

Surishtiruv «Otalar va bobolar» deb nomlanib, Telegram’dagi «Agentstvo» kanali tomonidan 6 noyabr kuni e’lon qilindi. Unda aytilishicha, Putinning rasman va norasman tan olingan turmush o‘rtoqlari — Lyudmila Ocheretnaya, Alina Kabayeva, Svetlana Krivonogix va Alisa Pishchevaya — ham davlat mablag‘lari bilan bog‘liq sohalarda ishlaydi yoki pul oladi. Masalan, Ocheretnaya hech qayerda ishlamasa-da, har yili yuz millionlab rubl daromad oladi.

Putinning ikki qizi — Mariya Voronsova va Yekaterina Tixonova — ham davlat mablag‘lari bilan bog‘liq loyihalarda ishtirok etmoqda. Ularga yaqin bo‘lgan turmush o‘rtoqlari — amaldagilar va sobiqlari ham lavozimlar va byudjetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Qarindoshlar soni uchinchi avlodgacha yetib borgan. Bular orasida otasi tomonidan amakivachchalari — Igor va marhum Yevgeniy Putin, onasi tomonidan xolasi Lyubov Shelomova va yana bir qarindoshi Lyubov Kruglova bor. Shuningdek, Anna Sivilyova, Sergey Sivilyov, Mixail Putin va boshqa Putinlar — hozirda davlat kompaniyalari yoki hukumat tizimida katta vazifalarda ishlaydi.

photo_2025-11-07 08.28.47

Vafot etgan Yevgeniy Putinning nabiralari — Denis Putin, Dmitriy Loginov va Yelena Jidkova ham katta davlat vazifalarida bo‘lib, byudjet mablag‘lariga keng yo‘l ochilgan.

Putinning moddiy manbalari sifatida ko‘riladigan boshqa qarindoshlari — Mixail Shelomov, Roman Putin va boshqalar — «Rusgidro», «Gazprom», «Sibur», «Promsvyazbank» va RJD kabi yirik kompaniyalarda ishlaydi. Ular ayni vaqtda sanksiya ostidagi tuzilmalarda faoliyat yuritib, shaxsiy boyliklarni yig‘moqda.

Teglar

Mavzuga oid

Vladimir Putin hokimiyatga 24 qarindoshini joylashtirgani fosh etildi | Vaqt.uz