add

Vladimir Putin: «Urush ruslarning genlarida bor»

30.10.2025 | 09:226231

Vladimir Putin Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etgan harbiylar bilan uchrashuvda rus xalqi «urushga genetik moyil» ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «bu xislat xalq qonida bor».

Vladimir Putin: «Urush ruslarning genlarida bor»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mandrika nomidagi harbiy hospitalga tashrifi chog‘ida Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan harbiylar bilan suhbatlashdi. Uchrashuv davomida u ruslar «urushga genetik jihatdan moyil» ekanini ta’kidladi.

Putin bu fikrni «SVO qahramoni» deb atalgan bir harbiy bilan suhbatida bildirdi. Harbiy o‘z bobosi Ikkinchi jahon urushida qatnashganini aytganida, Putin uning bosh barmog‘ini ushlab, «Qara, sen ham bobongdek urushyapsan, bu bizning genlarimizda bor», — dedi. Putin «bu xislat bizning qonimizda, u yo‘qolmaydi», — deb qo‘shimcha qildi.

Uchrashuvda 127-razvedka brigadasi xizmatchilari qatnashdi. «Agentstvo» ma’lumotlariga ko‘ra, ular orasida jinoiy o‘tmishi bo‘lgan shaxslar ham bor. Masalan, Rustem Ibraimov bir necha marta o‘g‘irlik va o‘ldirish bilan tahdid qilganlik uchun sudlangan.

Yana bir ishtirokchi — Qrimlik 21 yoshli Vladislav Bobko 2023 yilda o‘g‘irlikda gumon qilingan va ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini «Vlad Bandit» nomi bilan tanitgan.

Ma’lumot uchun, Rossiya so‘nggi 34 yil ichida kamida besh yirik urushda ishtirok etgan: Birinchi chechen urushi (1994–1996), Ikkinchi chechen urushi (1999–2009), Gurjiston bilan urush (2008), Suriyadagi harbiy kampaniya (2015 yildan buyon) va Ukrainadagi urush (2014 yildan, 2022 yildan keng ko‘lamli hujum shaklida).

Teglar

Mavzuga oid