add

Volodimir Zelenskiy Trampning G‘azo bo‘yicha rejasini «tarixiy» deb atadi

13.10.2025 | 08:227904

Ukraina prezidenti Donald Trampning G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasiga yuqori baho berdi va shunga o‘xshash kelishuv Ukraina bilan Rossiya o‘rtasida ham amalga oshishiga umid bildirdi.

Volodimir Zelenskiy Trampning G‘azo bo‘yicha rejasini «tarixiy» deb atadi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQSH prezidenti Donald Trampning G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasini «tarixiy tashabbus» deb atadi. Bu haqda u Fox News telekanali efirida so‘z yuritdi. Zelenskiyning ta’kidlashicha, Trampning tashabbusi butun dunyodagi mojarolarni hal etishda yangi umid uyg‘otgan. «Bu reja bizga ham o‘rnak bo‘lishi mumkin. Men umid qilamanki, Tramp shu usullarni Putinga bosim o‘tkazish va Ukrainadagi urushni to‘xtatish uchun ham qo‘llaydi», — dedi Zelenskiy. Ukraina rahbari shuningdek, Tramp bilan o‘tgan ikki kunda ikki marta suhbatlashganini ma’lum qildi. «Biz Rossiya Tomahawk raketalarini berish ehtimolidan qo‘rqayotganini ko‘rib-bilib turibmiz. Bu tinchlik uchun ish berishi mumkin bo‘lgan bosim turi », — dedi Zelenskiy Telegram’dagi murojaatida. Ukraina prezidentning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari energetika, gaz va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni muhokama qilish uchun maxsus ishchi guruhlar tuzishga kelishgan. Zelenskiy shu kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan ham telefon orqali muloqot qilganini bildirdi. Ular Ukraina uchun havo mudofaasi tizimlari va mamlakatning barqarorligi masalalarini muhokama qilgan. «Biz harbiylarimiz orqali Fransiyaga birinchi navbatdagi ehtiyojlar ro‘yxatini topshiramiz. Bu yetkazib berishni tezlashtiradi», — dedi u. Shuningdek, suhbatda Zaporijjya atom elektr stansiyasidagi vaziyat muhokama qilindi. Zelenskiy ta’kidlaganidek, ukrain mutaxassislar stansiya xavfsizligini ta’minlay oladi. «Faqat ukrain nazorati xavfsizlikning 100 foiz kafolatidir», — dedi u. Ukraina prezidentiga ko‘ra, Rossiya bu xavfsizlikni tiklashdan manfaatdor emas va AEXAning aniqroq pozitsiyasi zarur. Hozirda Zaporijjya AES uch haftadan beri generatorlarda ishlab, blekaut holatida qolmoqda.

Teglar

Mavzuga oid