add

Xalq bankida 9,5 mlrd so‘mlik yirik o‘g‘irlik fosh etildi

12.08.2025 | 22:3012062

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi bankda yirik pul yo‘qolgani aniqlandi. Bu ishda yollanma xodimning noqonuniy harakatlari borligi aytilyapti.

Xalq bankida 9,5 mlrd so‘mlik yirik o‘g‘irlik fosh etildi
Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan Xalq banki xizmatlar markazida yirik miqdorda mablag‘ o‘zlashtirilishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bank matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zlashtirilgan mablag‘ umumiy hisobda 9,5 milliard so‘mni tashkil qiladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu holatda Namangan viloyati mintaqaviy markazida faoliyat yurituvchi yollanma xodim gumon qilinmoqda. Ma’lum qilinishicha, u bankning dasturiy ta’minotiga noqonuniy tarzda kirib, mablag‘larni o‘tkazish va tasarruf etishda ishtirok etgan bo‘lishi mumkin. Ayni paytda mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid