add

Xiaomi o‘zining ilk chipi va yangi elektromobilini taqdim etdi

24.05.2025 | 10:3010723

Pekindagi taqdimot marosimida Xiaomi asoschisi Ley Szyun flagman chipi Xring O1’ni namoyish etdi va kompaniyaning chipsozlik, sun’iy intellekt hamda elektromobillar sohasidagi rejalarini ma’lum qildi.

Xiaomi o‘zining ilk chipi va yangi elektromobilini taqdim etdi
Xiaomi kompaniyasi o‘zining tarixdagi birinchi flagman chipi — Xring O1’ni Pekindagi taqdimot marosimida ommaga namoyish etdi. Ushbu 3 nanometrli protsessor Xiaomi Tablet 7 Ultra va yana ikki yangi qurilmada o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Chip hozircha Apple ishlab chiqargan analoglardan pastroq samaradorlikka ega bo‘lsa-da, bu Xiaomi uchun o‘z arxitekturasini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda. Kompaniya kelasi besh yil ichida chip texnologiyalariga $7 milliard, umumiy ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar (R&D) faoliyatiga esa $27,8 milliard sarflashini ma’lum qildi. Bu orqali Xiaomi o‘zini Apple va boshqa yetakchi texnologik gigantlar qatoridan ko‘rishni maqsad qilmoqda. Prezentatsiyada shuningdek, elektr krossoveri YU7 ham namoyish etildi. Mazkur model 2025 yil iyulidan avval sotuvga chiqmaydi. Eslatib o‘tamiz, mart oyidagi SU7 modelining halokatli YTHidan so‘ng, kompaniya elektromobillariga bo‘lgan talab sezilarli darajada kamaygan edi. YU7 aynan mana shu ishonchni tiklashni ko‘zlaydi. Yangi sun’iy intellekt mahsuloti — MiMo neyrotarmog‘i ham taqdim etildi. Bu Xiaomi tomonidan ishlab chiqilgan birinchi yirik AI yechim bo‘lib, smartfonlar va boshqa qurilmalarda intellektual funksiyalarni kengaytirishga xizmat qiladi. Ley Szyun taqdimotda shunday dedi: «Agar bizning smartfonlarimiz iPhone bilan solishtirilayotgan bo‘lsa, nega chiplarimiz ham Apple darajasida bo‘lmasligi kerak?»

Teglar

Mavzuga oid