add

«Xitoy AQSH bilan savdo urushida g‘alaba qozonmoqda» — The Washington Post tahlili

04.08.2025 | 20:4032522

Xitoy iqtisodiyoti savdo urushida g‘olib chiqmoqda. Amerika prezidenti Donald Tramp tomonidan amalga oshirilgan bosimlar natija bermadi, deb yozadi The Washington Post tahlilchisi Maks But.

«Xitoy AQSH bilan savdo urushida g‘alaba qozonmoqda» — The Washington Post tahlili
2025 yilning birinchi yarmida Xitoy YAIM 5,3 foizga o‘sdi. AQSHda esa bu ko‘rsatkich 1,25 foizdan oshmadi. Bu raqamlar Pekinning iqtisodiy jihatdan yetakchilikka chiqayotganini ko‘rsatadi. Ta’kidlanishicha, Tramp Xitoyga nisbatan qo‘llagan bosim siyosati samara bermadi — Pekin, aksincha, qarshi choralar ko‘rib, savdo muzokaralarida ustunlikni saqlab qoldi. Maks Butga ko‘ra, Tramp Xitoy bilan tuzilgan joriy savdo bitimlarini AQSHning tarixiy g‘alabasi sifatida ko‘rsatishga urinmoqda «Ko‘plab davlatlar AQSHning savdo shantajiga dosh berolmadi. Ammo Xitoy taslim bo‘lmadi», — deydi But. Uning ta’kidlashicha, Trampning Nvidia chiplarini Xitoyga qayta sotishga ruxsat berishi ham AQSH tomonidan ortga qaytish sifatida baholanadi. Shu bilan birga, u Trampning Hindistonga nisbatan 25 foizlik bojlar va boshqa cheklovlarni joriy etishi Vashingtonning Nyu-Deli bilan strategik hamkorligiga zarar yetkazishi mumkinligini ham ta’kidlaydi.

Teglar

Mavzuga oid

«Xitoy AQSH bilan savdo urushida g‘alaba qozonmoqda» — The Washington Post tahlili | Vaqt.uz