add

Xitoy AQSHni savdo kelishuvini buzganlikda ayblab, qattiq javob va’da qildi

03.06.2025 | 09:4013623

Pekin Vashingtonning yangi eksport cheklovlariga keskin munosabat bildirdi va AQSH manfaatlariga zarar yetkazilsa, qattiq choralar ko‘rilishini ma’lum qildi. Bu Tramp va Si Jinping o‘rtasida rejalashtirilgan telefon suhbatiga tahdid solmoqda.

Xitoy AQSHni savdo kelishuvini buzganlikda ayblab, qattiq javob va’da qildi
Xitoy AQSH tomonidan kiritilgan yangi savdo cheklovlariga javoban Vashingtonni 2024 yil 17 yanvardagi kelishuvni hamda Jenevadagi so‘nggi kelishuvni buzganlikda aybladi. Xitoy Savdo vazirligi buni mamlakat manfaatlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid sifatida baholab, zarur holda «qat’iy va qattiq choralar» ko‘rilishini ma’lum qildi. Vashington tomonidan joriy etilgan cheklovlar sun’iy intellekt chiplarini eksport qilishga, chip-dizayn uchun dasturiy ta’minot sotilishiga hamda Xitoylik talabalarga vizalar berish jarayoniga taalluqli. «The New York Times» ma’lumotiga ko‘ra, AQSH Xitoyga reaktiv dvigatellar va yuqori texnologiyalarni yetkazib berishni ham cheklamoqda. Mazkur vaziyat moliya bozorlariga ham ta’sir ko‘rsatdi. Hongkongdagi xitoy aksiyalari indeksi so‘nggi ikki oyda birinchi marta 2,9 foizga pasaydi. Shu bilan birga, AQSHdagi fyuchers bozorida ham pasayish kuzatildi. AQSH prezidenti Donald Tramp esa Xitoyni qasddan nodir yerosti metallari yetkazib berish sur’atini sekinlashtirayotganlikda aybladi. Shu bilan birga, Pekin Pentagon rahbarining Tayvanga tahdid haqidagi bayonotini keskin tanqid qildi. Shu hafta Tramp va Si Jinping o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Ammo suhbat sanasi hali rasman belgilanmagan. Prezident maslahatchisi Kevin Hassett bu so‘zlashuvdan «katta umid» kutilayotganini bildirgan.

Teglar

Mavzuga oid