add

Xitoy dunyodagi eng tez yuradigan poyezdni sinovdan o‘tkazmoqda

15.06.2025 | 17:0022052

Xitoy yuqori tezlikda harakatlanuvchi yangi avlod CR450 poyezdini sinovdan o‘tkaza boshladi. U 450 km/h tezlikka erishib, dunyodagi eng tez yuradigan poyezd sifatida e’tirof etilishi mumkin.

Xitoy dunyodagi eng tez yuradigan poyezdni sinovdan o‘tkazmoqda
CR450 birinchi marta Shanghay–Chonsing–Chengdu yo‘nalishida harakatlandi. Poyezd ishlab chiqaruvchisi CRRC kompaniyasi ma’lum qilishicha, prototip sakkizta vagondan tashkil topgan bo‘lib, to‘rttasi harakatlanuvchi, qolgani esa harakatsiz vagonlardir. Xitoy temir yo‘l tizimi jahonda eng yirik hisoblanadi: o‘tgan yil oxiriga kelib, mamlakatda yuqori tezlikdagi temir yo‘llar uzunligi 46 ming kmdan oshgan. Faqat 2024 yilning o‘zida Xitoy 3100 km yangi temir yo‘l qurgan, shundan 2457 km yuqori tezlikdagi yo‘llardir. China Daily nashriga ko‘ra, CR450 tormozga javob berish vaqti 1,7 soniyani tashkil etadi. Sinov jarayoni ikki hafta davom etishi kutilmoqda, tijorat faoliyati esa 2025 yil ikkinchi yarmida boshlanadi. Xitoy tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Lin Jianning ta’kidlashicha, poyezd nafaqat tez, balki xavfsiz, qulay va energiya sarflash jihatidan samarali ham bo‘ladi. Ushbu loyiha mamlakatning yuqori tezlikdagi transport texnologiyasidagi yetakchiligini yanada mustahkamlashi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid