add

Xitoy dunyodagi eng yirik doimiy tok transformatorini yaratdi

Bugun 17:302 daqiqa

Yangi texnologiya mamlakatda shamol va quyosh energetikasini barqarorlashtirib, minglab kilometr masofada energiya uzatishni xavfsiz ta’minlaydi.

Xitoy dunyodagi eng yirik doimiy tok transformatorini yaratdi

Xitoy qayta tiklanuvchi energiya manbalarini barqaror ishlatish yo‘lida strategik ahamiyatga ega yangi texnologiyani ishlab chiqdi. Mamlakatda dunyodagi eng yirik va aqlli doimiy tok transformatori yaratildi, u shamol va quyosh elektr stansiyalaridagi beqarorlikni yumshatib, umummilliy energotizim barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.

Muammo shundaki, Xitoyda asosiy elektr ishlab chiqarish quvvatlari, ayniqsa shamol va quyosh stansiyalari, mamlakatning g‘arbiy hududlarida joylashgan. Katta iste’mol esa sharqda — yirik shaharlar va sanoat markazlarida jamlangan. Shu sababli elektr energiyasini minglab kilometr masofaga uzatish zarurati mavjud.

Qayta tiklanuvchi manbalarning tabiati esa doim ham barqaror emas. Masalan, shamol pasaysa, ishlab chiqarish ham keskin kamayadi. 2024 yilda Xinjian hududida shamol kuchining susayishi butun mamlakat miqyosida elektr uzilishi xavfini keltirib chiqargani qayd etilgan.

Bunday uzoq masofalarda o‘zgaruvchan tok orqali uzatish katta yo‘qotishlarga olib keladi. Shu bois Xitoy yuqori kuchlanishli doimiy tok texnologiyasiga tayanadi. Bu usul energiya yo‘qotishlarini taxminan 2 foizgacha kamaytiradi va tarmoq ishonchliligini oshiradi.

Avval bunday murakkab transformatorlar Germaniyaning Siemens kompaniyasidan import qilingan. Endi esa 0,75 GVt quvvatga ega uskuna Xitoyning Changjou Xidian Transformer kompaniyasi tomonidan ishlab chiqildi. U Gansu provinsiyasidan Chejian provinsiyasiga elektr uzatish uchun mo‘ljallangan va «G‘arbdan Sharqqa elektr uzatish» milliy dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

Mutaxassislar fikricha, bunday doimiy tokli energomostlar Xitoy va AQSH kabi yirik davlatlar uchun yaqin kelajakda energetika xavfsizligining asosiy yechimi bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid