add

Xitoy Rossiyadan investitsiyalarni olib chiqmoqda: so‘nggi yirik loyiha 2021 yilda bo‘lgan

Institutlar tahlillariga ko‘ra, Xitoy kompaniyalari Rossiyada faoliyatni qisqartira boshlagan. Investitsiyalar 2022–2023 yillarda o‘rtacha 400 mln dollarni tashkil etdi — bu ilgargi darajadan uch barobar kam. Xitoy rasman Rossiyaga sarmoya kiritishdan tiyilmoqda.

Xitoy Rossiyadan investitsiyalarni olib chiqmoqda: so‘nggi yirik loyiha 2021 yilda bo‘lgan
Finlandiya Bankining Instituti (BOFIT) ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyning Rossiyaga kiritayotgan investitsiyalari 2011–2018 yillar davridagi 1,2 milliard dollardan 2022–2023 yillarda o‘rtacha 400 million dollargacha kamaydi. Bu keskin pasayish The Bell tahlilchilarining diqqatini tortdi. Rossiya Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi uch yil ichida xorijliklar tomonidan mamlakat iqtisodiyotiga kiritilgan sarmoya 57 foizga kamaygan. 2022 yil boshida 497,7 mlrd dollar bo‘lgan sarmoya hajmi 2025 yil boshiga kelib 216 mlrd dollarga tushgan. Bu 2009 yildan buyon eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. 2025 yil may oyi boshida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Si Jinping bilan uchrashuvda ikki davlat munosabatlarini «XXI asr namunasi» deb atagan va xitoylik biznesmenlar uchun qulay shart-sharoit yaratilishini va’da qilgan. U Xitoy kompaniyalarini Rossiyadagi ishlab chiqarishga jalb qilishga chaqirgan. Biroq tahlilchilar fikricha, bu bayonotlar amaliy natija bermayapti. Pekin rasman Rossiya neft-gaz sektoriga investitsiya kiritishni taqiqlagan, avtomobil zavodlari qurishga tavsiya etmagan hamda «Sibir kuchi-2» loyihasini moliyalashtirishdan voz kechgan. Amerika tadbirkorlik instituti ma’lumotiga ko‘ra, Xitoyning Rossiyadagi so‘nggi yirik investitsiyasi 2021 yilda amalga oshgan. O‘shanda Sinopec kompaniyasi neft sanoatiga 360 mln dollar sarmoya kiritgan. Shu vaqtdan beri Xitoy tomonidan Rossiyaga katta sarmoya kiritilmagan.    

Teglar

Mavzuga oid