add

Xitoy Turkmanistonning eng yirik gaz konini o‘zlashtirish tenderida g‘olib bo‘ldi

03.09.2025 | 22:4023703

Endi Xitoy dunyodagi eng yirik gaz konlaridan biri «Galqinish»ni o‘zlashtirishda Turkmanistonga yordamlashadi.

Xitoy Turkmanistonning eng yirik gaz konini o‘zlashtirish tenderida g‘olib bo‘ldi
Xitoy tomoni yirik «Galkinish» gaz konining 4-bosqichini o‘zlashtirish bo‘yicha xalqaro tenderda g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov seshanba kuni Pekinda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping bilan uchrashuvda ma’lum qildi. Unga ko‘ra, ikki davlat gaz sohasidagi sheriklikning asosiy tamoyillarini belgilaydigan bosh kelishuv loyihasini tayyorlagan. Mazkur hujjat energetika hamkorligini yanada rivojlantirish uchun asos bo‘ladi. Si Jinping esa «Galqinish» konni o‘zlashtirishda ishtirok etish Xitoy uchun katta sharaf ekanini ta’kidladi. U Turkmaniston tomoni yaratib bergan imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirib, gaz yetkazib berish sohasida hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligini bildirdi. Turkmaniston rahbariyatining qayd etishicha, «Turkmaniston — Xitoy» gaz quvuri 15 yildan ortiq vaqtdan beri ishlab kelmoqda va uni yanada kengaytirish rejalashtirilgan. «Galqinish» konining umumiy zaxiralari 27,4 trillion kub metrga baholangan bo‘lib, faqat konning o‘zidagi zaxiralar 20 trillion kub metrdan ortiq. Koni o‘zlashtirish 2013 yilda boshlangan va 7 bosqichdan iborat. Hozirda birinchi bosqich ishlamoqda, 52 ta quduq faoliyat ko‘rsatmoqda, yana 10 ga yaqin quduq qazilmoqda. Har bir bosqichda doimiy qazib olish muddati 30 yildan oshishi va yiliga 200 milliard kub metrgacha gaz ishlab chiqarish imkoniyati nazarda tutilgan.

Teglar

Mavzuga oid