add

Xitoyda 2030 yilgacha uchar taksilar harakatlana boshlaydi

23.05.2025 | 14:3036492

Xitoyda 2030 yilga borib yo‘nalishli uchar taksilar ommaviy ravishda faoliyat boshlashini ma’lum qildi. EHang startapi hozirning o‘zida ayrim shaharlarda sayyohlik parvozlarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Xitoyda 2030 yilgacha uchar taksilar harakatlana boshlaydi
Xitoyning EHang startapi 2030 yilgacha mamlakat osmonida yo‘nalishli uchar taksilari harakatlana boshlashini ma’lum qildi. EHang kompaniyasining moliyaviy direktori Konor Yanning ta’kidlashicha, bu xizmat ayniqsa yirik shaharlarda, maxsus uchish-qo‘nish infratuzilmasi mavjud joylarda faol bo‘ladi. Hozirning o‘zida EHang Guangjou va Xefey shaharlarida sayyohlar uchun EH216-S elektrda ishlovchi parvoz apparatlarini yo‘nalishli ravishda foydalanishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu apparatlar ikki nafar yo‘lovchini tashiy oladi, 130 km/h tezlikka ega va 30 km masofaga parvoz qila oladi. Uning bozordagi narxi 331 ming dollarni tashkil etadi. Kompaniya 2023 yilda Taylandda boshlangan sinov parvozlarini kengaytirish, shuningdek, Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasi kabi mintaqalarda ham eksport imkoniyatlarini kengaytirish niyatida. Shuningdek, «Changan Automobile» kompaniyasi bilan hamkorlikda uchuvchi apparatlarni ishlab chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Kompaniya ishlab chiqarish hajmini yiliga 300 donadan 1000 tagacha yetkazishni rejalashtirmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Xitoyda 2030 yilgacha uchar taksilar harakatlana boshlaydi | Vaqt.uz