
Xitoyda deflyatsiya murakkablashgani sababli, lyuks brendlar narxi tushmoqda
11.06.2025 | 15:208612
Xitoy iqtisodiyotidagi qiyinchiliklar hisobiga mutaxassislar deflyatsiya uzoq davom etishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Bu vaqtda esa xaridorlar yangi emas, arzonlashgan ikkinchi qo‘l lyuks mahsulotlarga yuzlanmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, may oyida Xitoyda iste’mol narxlari 0,1 foizga pasaydi. Ovqat, kofe, avtomobillar va hatto lyuks buyumlar bozorida ham narxlar shiddat bilan tushmoqda. Bu esa ishlab chiqarish ortib, talab susayganini ko‘rsatadi. Masalan, Coach sumkasi 30 dollarga tushgan, Givenchy zeb-ziynati esa 90 foiz chegirma bilan sotilmoqda.
Talabning pasayishi va raqobatning kuchayishi tufayli ikkinchi qo‘l bozori o‘sib bormoqda. «Zhiyan Consulting»ning ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda bu bozor 20 foiz o‘sgan. Ammo xaridorlar soni deyarli o‘zgarmayapti — bu esa yangi do‘konlarning yopilishiga olib kelishi mumkin.
Iqtisodchilarning ta’kidlashicha, bunday narx urushi uzoq davom eta olmaydi — bankrot va ishsizlik kuchaysa, deflyatsiya yanada chuqurlashishi mumkin.





